“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti O‘quv-tajriba xo‘jaligida g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumiga tayyorgarlik ishlari boshlandi.

03.06.2026

#Rektordan #Yangilik

Tajriba-sinov dalalarida Plazma texnologiyasi yordamida yetishtirilayotgan g‘alla ekinlarining holati, agrotexnik tadbirlarning amalga oshirilishi, suv va boshqa resurslardan samarali foydalanish hamda Xitoy texnologiyasi asosida parvarishlanayotgan makkajo‘xori va kartoshka ekini maydonlarida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari - yuqori hosildorlik garovidir.

Etishtirilgan g‘alla hosilini qisqa muddatlarda, sifatli va nobudgarchilikka yo‘l qo‘ymagan holda yig‘ishtirib olish, o‘rim-yig‘im ishlarini uyushqoqlik va yuqori mas’uliyat bilan tashkil etish bo‘yicha barcha texnik vositalar tayyorlangan.