Yakuniy davlat attestatsiyasidan lavha

03.06.2026

#Yangilik #Ma`naviy va tashkiliy

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida bakalavr bitiruvchilari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlari belgilangan tartibda tashkil etilmoqda.

Jumladan, universitetning "Energetika" fakulteti “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi tomonidan "60711400 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish" hamda "60610200 – Axborot tizimlari va texnologiyalari" ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi talabalari uchun Davlat attestatsiya komissiyasi imtihonlari o‘tkazildi.

Attestatsiya sinovlari 2026-yil 1-iyun kuni tasdiqlangan jadval asosida soat 09:00 hamda 14:00 da universitetning V binosi 509-xonasida boshlandi. Jarayonlar belgilangan me’yoriy talablar asosida tashkil etildi.

Imtihon davomida bitiruvchilar ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha olgan bilimlari, amaliy amaliy ko‘nikmalari hamda kasbiy tayyorgarlik darajalarini namoyon etdilar. Davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan talabalar javoblari xolislik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida baholab borildi.