“Oila - muqaddas” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
03.06.2026
Kecha “Xalqaro oila kuni"ni keng nishonlash hamda 1-maydan 30-maygacha “Oilamiz - kelajagimiz” oyligi doirasida “Energetika” fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida, 4-talabalar turar joyida “Oila - muqaddas” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirga fakultetning “Eng
faol yil talabasi” tanlovi g‘olibasi,
Abdulla Oripov nomidagi stipendiat
G.To‘xtaboyeva hamda uning oilasi taklif etildi. G.To‘xtaboyeva o‘zining ta’lim va ilmiy faoliyatidagi
yutuqlari, ularga erishishda oilaning, xususan onasining qo‘llab-quvvatlashi
muhim omil bo‘layotganini alohida e’tirof etdi. Shuningdek, yoshlarni bilim
olishga, o‘z ustida muntazam ishlashga va oilaviy qadriyatlarni qadrlashga
chaqirdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan G.To’xtaboyevaning
onasi M.Ashirova farzand tarbiyasidagi tajribalari, oilada sog‘lom muhit
yaratishning ahamiyati va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
borasidagi qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. Talaba-qizlar esa o‘zlarining
kelajakdagi maqsadlari, erishayotgan yutuqlari va ota-onalariga bo‘lgan
minnatdorlik tuyg‘ularini izhor etdilar.
Suhbat davomida
universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi U. Sangirova
so‘zga chiqib, oilaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, qizlarni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi va ma’naviy kamolotini ta’minlash
masalalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek,
talaba-qizlarni ilm-fan, kasbiy faoliyat va jamoat ishlarida yanada faollik
ko‘rsatishga chaqirdi.
Tadbir davomida
universitet psixologi D.Yusupova so‘zga chiqib, oilada sog‘lom ma’naviy-ruhiy
muhitni shakllantirish, ota-ona va farzand o‘rtasidagi o‘zaro ishonch hamda
muloqotning ahamiyati haqida fikr bildirdi. Shuningdek, talaba-yoshlarga
stresslarni boshqarish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash va oilaviy
qadriyatlarni asrab-avaylash bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Tadbir yakunida faol
ishtirok etgan talaba-qizlar va onalarga “Energetika” fakulteti jamoasi
tomonidan tashakkurnomalar topshirildi. Mazkur tadbir “Oilamiz - kelajagimiz”
oyligi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda yoshlar
orasida oilaviy qadriyatlarni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva axboroti
Universitet axborot xizmati