Ta’lim, fan va madaniyat sohalarida xalqaro hamkorlik uchrashuvi

03.06.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Ta`lim #Yangilik

Xitoy Xalq Respublikasida tashkil etilgan “Ipak yo‘li Shanxi va O‘zbekistonni bog‘laydi, hunarmandchilik qalblarni bog‘laydi” hamda “Shanxi – O‘zbekiston: Global hamjamiyatni shakllantirish” xalqaro hamkorlik uchrashuvi doirasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti vakillari xizmat safarida ishtirok etdilar.

Xizmat safari davomida O‘zbekiston va Xitoy oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va madaniy hamkorlikni rivojlantirish, akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish, iqtidorli talabalar uchun xalqaro imkoniyatlarni yaratish hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazildi.

Mazkur xizmat safari universitetning xalqaro aloqalarini mustahkamlash, yangi hamkorlik tashabbuslarini yo‘lga qo‘yish va xorijiy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro tajriba almashinuvini rivojlantirishga xizmat qildi.

"Ingliz tili" kafedrasi axboroti

Universitet matbuot xizmati