Mehnatning qadrini bilinish – eng katta mukofotdir!
02.06.2026
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan. Yurtimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish, uning shon-shuhratini dunyo miqyosida munosib namoyon etish yo‘lida samarali faoliyat olib borayotganligi, davlat va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotganligi, vatanimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib, o‘z kasbiga yuksak sadoqat, fidoyilik hamda mas’uliyat bilan xizmat qilayotganligi alohida e’tirofga loyiqdir.

Ana shunday
ezgu fazilatlarini munosib rag‘batlantirish maqsadida Mustaqil Davlatlar
Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik
tanlovining turli oliy ta’lim muassasalari vakillari, yosh olimlar va ilmiy
izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar tantanali taqdirlash marosimda ishtirok
etdilar.
Shu munosabat
bilan universitetimizning “Professional talim” kafedrasi dotsenti Jumanov
Alisher Asatillayevich hamda 2-bosqich tayanch doktoranti Raximboyeva Guloyim
Ikrom qizi “OʻZ KASBINING FIDOYISI”
nomli esdalik nishoni bilan taqdirlandilar va mazkur tanlov g‘oliblari “Scientific academy” hamda “Best Publication”
tomonidan guvohnoma va Sertifikatlar bilan taqdirlandilar.