Zamonaviy sug‘orish tizmalari va dala maydonlarida ilmiy-texnik tahlil ishlar

02.06.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Ta`lim #Yangilik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi “Qishloq va suv xoʻjaligi muhandislarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-122-sonli qarori asosida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti professor-o‘qituvchilar B.Matyaqubov va Sh.Jumanazarovlar tamonida Xorazm viloyati Yangiariq tumanida joylashgan “Buyuk zamin ravnaqi” MCHJ tomonidan 2026-yil hosili uchun paxta yetishtirishda zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda hosildorlikni oshirish maqsadida Shinjon texnologiyasi asosida paxta parvarishi yo‘lga qo‘yilgan tajriba dalari ko‘zdan kechirildi.

Mazkur texnologiya asosida xo‘jalikning 18,0 gektar paxta maydonida tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilinib, barcha texnik vositalar va uskunalar pudratchi korxona tomonidan to‘liq yetkazib berilgan hamda o‘rnatilgan. Shinjon texnologiyasining asosiy afzalliklaridan biri paxta qator oralari maxsus plyonka bilan yopilib, namlikni uzoq muddat saqlash va begona o‘tlar ko‘payishini kamaytirishga xizmat qilishidir. Ushbu usul orqali suv tejaladi, tuproqning harorat va namlik rejimi me’yorida saqlanadi hamda o‘simlikning barqaror rivojlanishi ta’minlanadi. Dalalarda olib borilgan kuzatuvlar davomida paxta nihollarining vegetatsiya jarayoni, rivojlanish holati va agrotexnik ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Kuzatuvlar natijasida ekinlarning rivojlanishi qoniqarli ekanligi hamda sug‘orish tizimi samarali ishlayotgani aniqlandi.

Shuningdek, dala hududidagi nasos agregatlari va gidrotexnik inshootlarning texnik holati ko‘zdan kechirildi. Sug‘orish jarayonlarining uzluksiz ishlashi, suv bosimi va tizim samaradorligi mutaxassislar tomonidan nazorat ishlari olib borilmoqda.