“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti vakili tomonidan Tojikiston Respublikasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

01.06.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Ta`lim #Yangilik

2026 yil 19–23 may kunlari “Davlat kadastrlari” kafedrasi dotsenti Ashurov Abdullo Fayzullayevich tomonidan Tojikiston Respublikasining Sug‘d viloyatida universitetga abituriyentlarni jalb qilish hamda ta’lim imkoniyatlarini targ‘ib etishga qaratilgan uchrashuv va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Targ‘ibot maqsadida amalga oshirilgan xizmat safari davomida Sug‘d viloyatidagi o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari rahbarlari, mas’ul tashkilot vakillari, pedagoglar hamda bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvlar davomida universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rni, mavjud ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy salohiyati, talabalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar hamda xorijiy talabalar uchun mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, uchrashuvlarda universitet faoliyati aks ettirilgan taqdimotlar, videoroliklar va axborot materiallari namoyish etilib, bakalavriat, magistratura hamda doktorantura bosqichlarida tahsil olish imkoniyatlari keng targ‘ib qilindi.

Jami 15 ta o‘rta va ixtisoslashtirilgan maktablarda ochiq muloqot va savol-javoblar tarzida tashkil etilgan uchrashuvlarga 600dan ortiq bitiruvchi yoshlar faol jalb etilib, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetida tahsil olish bo‘yicha katta qiziqish bildirdilar.

Mazkur targ‘ibot tadbirlari universitetning xalqaro hamkorligini rivojlantirish, xorijiy abituriyentlarni faol jalb etish hamda ta’lim eksporti salohiyatini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

 

«Davlat kadastrlari» kafedrasi axboroti

Universitet matbuot xizmati