Biturvchilarning bandligi ta’minlanmoqda
25.05.2026
2026 - yil 21–22 may kunlari «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Yer
resurslari va kadastr» fakultetida bitiruvchi talabalarni kelgusida ish bilan
ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan muhim uchrashuv tashkil etildi. Mazkur
tadbirda Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatidan rahbar va malakali
mutaxassislar ishtirok etishdi.
Tashrif davomida “Kadastr (faoliyat turlari bo‘yicha)” hamda “Yer kadastri
va yer tuzish” ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq
muloqotlar, suhbatlar va mutaxassislik fanlari bo‘yicha test sinovlari
o‘tkazildi. Jarayon davomida talabalar o‘zlarining nazariy bilimlari, amaliy
ko‘nikmalari hamda kasbiy salohiyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega
bo‘lishdi.
Shuningdek, test sinovlari natijalari asosida bitiruvchilarni
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hududlaridagi
tizim tashkilotlariga ishga joylashtirish masalalari yuzasidan individual
suhbatlar olib borildi. Bu esa yosh mutaxassislarning kelgusidagi mehnat
faoliyatini aniq yo‘naltirish, ularni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bandligini
ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir davomida fakultetning barcha bitiruvchi kurs talabalari katta
qiziqish va yuqori faollik bilan ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini
namoyish etdilar. Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, talabalar hamda
soha mutaxassislari o‘rtasida o‘zaro fikr almashish uchun samarali maydon
vazifasini bajardi.
Mazkur
hamkorlik uchrashuvi oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini
mustahkamlash, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish hamda yosh mutaxassislarni
amaliy faoliyatga samarali yo‘naltirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
«Davlat kadastrlari»
kafedrasi axboroti
Universitet matbuot xizmati