APhO 2026: Osiyo fizika olimpiadasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilaridan ulkan g‘alaba!

22.05.2026

#Ta`lim #Yangilik

2026 yil 17-25 may Janubiy Koreya Nufuzli xalqaro ilmiy bellashuvda Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi 27 ta davlatdan eng iqtidorli yosh fiziklar ishtirok etdi. Ushbu nufuzli musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qilgan terma jamoa tarkibida universitetimiz huzuridagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdi!

G‘olib bo‘lgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

Asilbek Jumanazarov — “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — Bronza medali;

Elbek O‘roqov — “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — Faxriy yorliq (Honorable mention).

Osiyo Fizika

Ushbu yutuq va yuqori natijalar yurtimiz hamda universitetimizning iqtidorli yoshlari uchun yangi marralarni ochib beradi va xalqaro maydondagi keyingi katta g‘alabalarga zamin yaratadi.