“Munozara” turniri finalchilari aniqlandi!
22.05.2026
Turnirning final bellashuvlari "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining “Elita” jamoalari hamda O‘zbekiston Milliy universitetining “Taraqqiyot yoshlari” o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Turnir davomida ishtirokchilar dolzarb mavzular yuzasidan o‘z fikr va yondashuvlarini asosli dalillar hamda tahliliy mushohadalar orqali ilgari surishdi. Intellektual bahslar jarayonida yoshlarning notiqlik mahorati, erkin fikrlashi va munozara madaniyati yorqin namoyon bo‘ldi.


Yakuniy natijalarga ko‘ra, "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining “Elita” jamoasi munosib ishtiroki va yuqori saviyadagi chiqishlari bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoani ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi bellashuvlarda ularga ulkan zafarlar tilaymiz!