Hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida
22.05.2026
Joriy haftada Rossiya Federatsiyasining
Buyuk Petr nomidagi Sankt – Peterburg politexnika universitetining professor –
o‘qituvchilari “Transport” oliy maktabi dotsenti Plotnikov Dmitriy Georgiyevich
va “Tizimli dinamika” laboratoriyasi ilmiy xodimi, “Transport jarayonlari
imitatsion modellashtirish” onlayn kursi muallifi va koordinatori Aushra
Vladovna Banitelar Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish
magistratura mutaxassisligi “Muhandislik logistikasi va modellashtirish” fani
dasturi doirasida Anylogic dasturiy ta’minot tizimini qo‘llagan holda logistik
jarayonlar (ishlab chiqarish, transport va omborxona jarayonlari) ni
modellashtirishga bag‘ishlangan qator amaliy mashg‘ulotlar olib borishdi.
Bundan tashqari kelajakda «Muhandislik
logistikasi va modellashtirish» fanidan imitatsion modellashtirish
dasturlaridan foydalanish ko‘lamini oshirish, “Texnologik mashinalarni
loyihalash asoslari” fani doirasida mashina konstruksiyalarini kompyuterda
modellashtirish dasturlari (Femap/Ansys) ni qo‘llash, hamkorlikda qurilish
texnikalari parkini yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlashni dinamik
boshqarish, uzluksiz monitoring ma’lumotlari asosida qurilish texnikalari
texnik holatini bashorat qilish, qurilish texnikasi quvvatidan samarali
foydalanish uchun ish siklini optimal boshqarish yo‘nalishlari bo‘yicha
ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish bo‘yicha yo‘l haritasi ishlab chiqildi.
Tashrif doirasida mehmonlar
universitetimiz o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Baxtiyor Alimovich Xudayarov
bilan uchrashib, davra suhbati o‘tkazildi. Unda ta’lim jarayonida raqamli
texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish sohalarida logistik
jarayonlarini modellashtirishning ahamiyati va hamkorlikda universitetda
raqamli logistika ta’lim yo‘nalishini ochish hamda kafedralararo ikki tomonlama
malaka oshirish va akademik mobillikni rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar muhokama qilindi. Mehmonlarga
universitetimiz ramzlari tushirilgan esdalik sovg‘alari topshirildi va
o‘zarohamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi xizmatlari uchun minnatdorchilik
bildirildi.
GIM kafedrasi mudiri B.X.Norov
ma’lumoti