“Barqaror rivojlanish sari yashil taksonomiya: yashil texnologiyalardan yashil iqtisodiyotgacha” (CONGREENTAX–2026) mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
22.05.2026
21-may kuni soat 10:00 da "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti va “Beeline” (“Unitel” MChJ) hamkorligida universitetimiz IT markazining 3-qavat konferensiya zalida “Barqaror rivojlanish sari yashil taksonomiya: yashil texnologiyalardan yashil iqtisodiyotgacha” (CONGREENTAX–2026) mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur konferensiya barqaror rivojlanish tamoyillarini ilgari surish, yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash hamda yashil texnologiyalarni amaliyotga joriy etish masalalariga bag‘ishlandi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, yosh olimlar va soha mutaxassislari ishtirok etib, ekologik barqarorlik, yashil energetika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, yashil moliyalashtirish, ESG tamoyillari hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Konferensiya davomida ilmiy ma’ruzalar tinglanib, zamonaviy yashil texnologiyalarni rivojlantirish, resurslardan oqilona foydalanish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ekologik yondashuvlarni kengaytirish hamda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi innovatsion yechimlar muhokama qilindi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar kelgusida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda yashil iqtisodiyot yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarni yanada takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Konferensiya ilm-fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini mustahkamlash hamda
barqaror rivojlanish yo‘lidagi ilg‘or tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda muhim
ilmiy platforma bo‘lib xizmat qildi.