Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘lida yangi hamkorlik
21.05.2026
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” “2026-yilda energiya
samaradorligini yanada oshirish, energiya resurslarini tejash va ulardan
oqilona foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli
qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Energetika” fakulteti “Texnologik
jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi o‘qituvchisi A.Nigmatov “Chirrchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari
havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi” bilan Fan - ta’lim - ishlab
chiqarish uzviy integratsiyasini ta’minlash, soha bo‘yicha yuqori malakali
mutahassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida, boshqarma hududida Universitetning Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish kafedrasi filialini tashkil
etish. Talabalarni nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar
bilan mustahkamlash, boshqarmada qo‘llanilayotgan texnologik jarayonlar bilan
tanishtirish, ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va sohada faoliyat yuritish
uchun yo‘naltirish o‘zaro hamkorlik aloqalari
bo‘yicha tarmoq kelishuvi tuzildi.