“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va SPATIX kompaniyasi o‘rtasida xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
21.05.2026
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti dekani Q.Shavazov va “Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari” kaferadasi mudir K.Astanaqulov professor-o‘qituvchilardan B.Xudayarov, Y.Raximov, N.Ashurovlarning tashabbusi bilan Xitoyning yuqori aniqlikdagi GNSS va Precision Agriculture texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi SPATIX kompaniyasi o‘rtasida xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur hamkorlik doirasida SPATIX kompaniyasi
tomonidan universitetga zamonaviy QYX Pro avtomatik boshqaruv tizimi
taqdim etildi. Ushbu innovatsion texnologiya Belarus 82.1 traktoriga
o‘rnatilib, TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetining xo‘jalik sinov maydonida
amaliy tajribadan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Sinov jarayonida avtomatik boshqaruv tizimining yuqori aniqlikdagi GNSS texnologiyasi asosida ishlashi, texnikaning tekis va aniq harakatlanishi, yoqilg‘i tejamkorligi hamda inson omilidan kelib chiqadigan xatolarni kamaytirish imkoniyatlari amalda namoyish etildi.
Ushbu loyiha qishloq xo‘jaligida zamonaviy “Precision
Agriculture” va “Smart Farming” texnologiyalarini joriy etish, ilm-fan va
ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish hamda talabalarni ilg‘or
texnologiyalar asosida amaliy tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hamkorlik doirasida:
— zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini o‘quv jarayoniga integratsiya qilish;
— professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun amaliy treninglar tashkil etish;
— fermerlar uchun ko‘rgazmali seminar va dala sinovlarini o‘tkazish;
— Precision Agriculture texnologiyalarini O‘zbekistonda keng joriy qilish rejalashtirilgan.
Mazkur hamkorlik “TIQXMMI” Milliy tadqiqot
universitetining xalqaro ilmiy-texnologik aloqalarini yanada mustahkamlash
bilan bir qatorda, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va
innovatsion rivojlantirishga xizmat qiladi.