Qashqadaryo viloyatida Zamonaviy g‘alla o‘rish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha operatorlarining o‘quv seminari
21.05.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi PQ-122 son karori ijrosi yuzasidan 19-22-may kunlari Qashqadaryo viloyatida Zamonaviy g‘alla o‘rish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha operatorlarining o‘quv seminari Qashqadaryo viloyati alohida tumanlarida maxsus maydonlarda tashkil qilinmoqda. O‘quv seminarida 394 ta kombayinga 788 nafar oparatorlar, viloyat hokimining birinchi muovini Uzakov U.Yu. boshchiligida viloyat agroinspeksiya raxbari tomonidan amalga oshirilayapti.
“TIQXMMI” millliy tadqiqot universitetidan viloyat hokimining ilmiy
maslahatchisi A.I.Azimov, “Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari”
kafedrasi professori B.P.Shaymardonovlar ishtirok etishdi. O‘quv seminari
davomida dastlab nazariy takdimot ma’ruzalari o‘tkazildi, zamonaviy g‘alla
kombaynlarining ishlash jarayoni, rostlanishlari, servis xizmati ko‘rsatish
qoidalari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Savol javoblar davomida
operatorlar tomonidan maxalliy boshqaruv tomonidan 20 km masofaga salt yurishi
kombaynni yurgazib borish talab etilayotganligi sababli bu nima natija berishi,
yonilg‘i xarajatlari kim tomonidan qoplanishi, g‘alla dalalarining o‘rim-yig‘im
oldidan dalani tayyorlamaganligi sababli kombaynlarda turli nosozliklar yuzaga
kelayotganligi kabi savollar berildi. Umuman
o‘quv seminari natijalari davomida ishtirokchilar tomonidan yangi bilimlar
olganligi ta’kidlab o‘tildi. Bunday o‘quv seminarlarni har yili mavsum
boshlanishidan oldin olimlar, soxa mutaxassislari va maxalliy boshqaruv
xodimlari ishtirokida o‘tkazilishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida fikr
bildirib o‘tildi.
Qashqadaryo viloyati xokimining
ilmiy maslahatchisi A.I.Azimov axboroti
Universitet matbuot xizmati