Dala tadqiqot ishlari olib borilmoqda

21.05.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

Universitetimiz yosh tadqiqotchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi bilan 2024-yil 27-dekabrda tuzilgan AL-8424012339-sonli “Masofadan zondlash, meteorologik ma’lumotlar va Geo-AI usullarini integratsiyalash orqali iqlimga moslashuvchan qishloq xo‘jaligini tashkil etish” mavzusidagi amaliy loyiha hamda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti bilan tuzilgan AL-6222052520-sonli “Geofazoviy usullar orqali organik va an’anaviy dehqonchilikni qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot grantlari doirasida dala tadqiqot ishlari amalga oshirildi.

Tadqiqotlar O‘rta Chirchiq tumani Sofoqoltin massividagi “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti o‘quv-tajriba xo‘jaligi hududida joylashgan g‘alla va g‘o‘za dalalarida olib borildi. Tadqiqot jarayonida zamonaviy spektroradiometr texnologiyasi yordamida ekin turlarining spektral ko‘rsatkichlari aniqlandi, tuproqning mexanik tarkibi va unumdorlik darajalari o‘rganildi hamda olingan ma’lumotlar asosida ma’lumotlar bazasini yaratish ishlari olib borildi.