“Ochiq eshiklar kuni” doirasida maktab bitiruvchilari universitetimizning akademik va xalqaro ta’lim muhiti bilan tanishtirildi

20.05.2026

#Ta`lim

     2026-yil 20-may sanasida “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetida navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbir universitetning ta’lim faoliyati, ilmiy-tadqiqot muhiti hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bilan maktab bitiruvchilarini yaqindan tanishtirishga qaratildi.

   Tadbirda universitetimiz huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab direktori Kurash Kubyashev boshchiligida 30 nafar yuqori natijalarga ega bitiruvchilar ishtirok etdi.

Universitetning akademik salohiyati va xalqaro maqomi

  Mazkur tashrif davomida ishtirokchilar universitetning ilmiy salohiyati va xalqaro ta’lim tizimidagi o‘rni haqida yeatrli ma’lumot oldilar.

  • QS va THE xalqaro reyting tizimlarida ishtirok etuvchi universitet
  • Milliy reytinglarda yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri
  • Ilmiy-tadqiqotga asoslangan ta’lim modeli
  • Xalqaro grantlar va innovatsion loyihalar
  • Raqamli transformatsiya asosidagi ta’lim tizimi

“Ekologiya va huquq” fakultetiga tashrif

   “Ekologiya va huquq” fakultetidamaktab bitiruvchilari fakultetning akademik faoliyati va ilmiy yo‘nalishlari bilan tanishtirildi. Fakultet dekani Xabibullo Pirmatov tomonidan taqdimot o‘tkazildi. Fakultet dekan muovini Faxriddin Bekchanov mazkur tadbirni yuqori darajada tashkil qilishda yaqindan yordam berdi.

Fakultet faoliyati haqida ma’lumot berildi:

  • Ekologiya va huquq, yurisprudentsiya, sun’iy intellekt,xorijiy tillar kabi bir qator ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha
  • Ilmiy-tadqiqot va amaliy loyihalar
  • Xalqaro akademik hamkorliklar
  • Talabalar uchun amaliy ta’lim muhiti
  • Raqamli va ekologik xavfsizlik yo‘nalishlari

    Maktab bitiruvchilarga ta’lim yo’nalishlari haqida bukletlar tarqatildi, videoroliklar orqali fakultetdagi ta’lim jarayoni va fakultetni nufuzi hqaida ma’lumot berildi.

    ECOGIZ markaziga tashrif

ECOGIZ markazi raxbari, universitetimiz professor Olim Po’latovich bitiruvchilarni aerokosmik texnologiyalar va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari bilan tanishtirib o’tdi. Ustoz o’z nutqlarida shu kungacha xalqaro arenada erishilgan yutuqlar haqida faxr bilan maktab bitiruvchilariga so’zlab ebrdilar.

Markaz faoliyati haqida ham yetarli darajada ma’lumot berildi:

  • Aerokosmik texnologiyalar yo‘nalishi
  • Double degree magistratura dasturlari
  • Xalqaro ilmiy hamkorliklar
  • Ustoz-shogird tizimi asosida kadrlar tayyorlash
  • Innovatsion muhandislik va tadqiqot loyihalari

   Startap va innovatsiyalar markaziga tashrif (11-korpus, 709-xona)                                    

Tashrif davomida bitiruvchilar universitetning innovatsion ekotizimi bilan tanishdilar. “TJAB” kafedrasi dotsenti Aziz Nigmatov tomonidan start up va innovatsion faoliyat bo‘yicha taqdimot amalga oshirildi.

Markaz faoliyati boyicha quyidagi ma’lumotlar berildi:

  • Startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi
  • Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari
  • Start up innovatsion loyihalari
  • Biznes-rejalashtirish va investitsion tayyorgarlik
  • Talaba innovatsion g‘oyalarini rivojlantirish

IELTS va Britaniya Kengashi hamkorligi

  Universitetda Britaniya Kengashi (British Council) bilan hamkorlikda IELTS xalqaro imtihon tizimi yo‘lga qo‘yilganligi haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi va universitetdagi IELTS zonaga maktab bitiruvchilar bilan tashrif amalga oshirildi.

Imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi:

  • IELTS imtihonlarini universitet hududida topshirish
  • 11-korpusning 6 va 9-qavatlarida zamonaviy test markazlari
  • Xalqaro sertifikat olish imkoniyati
  • Akademik ingliz tili bo‘yicha tayyorgarlik muhiti
  • Global universitetlarga kirish imkoniyatlarini kengaytirish

  

   DEISC markazi – xalqaro ta’lim va innovatsiya maydoniga tashrif

  DEISC (Digital Education & Innovation Support Centre) “ TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti va Keymyung Kollej Universiteti (Janubiy Koreya) hamkorligida LUPIC (Leading Universities Program for International Cooperation) xalqaro loyihasi doirasida tashkil etilgan innovatsion markazdir.

  Markaz haqida DEISC Markazi ma’suli Go’zal Eshchanova batafsil ma’lumot berib, maktab bitituvchilar savollariga javob berib o’tdi.

DEISC imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi:

  • 2+2 xalqaro ta’lim dasturi
  • International Vocational Training tizimi
  • IELTS va TOPIK sertifikat tayyorgarlik
  • Erasmus (Germaniya, Vengriya) almashinuv dasturlari
  • Xalqaro grant va akademik mobillik dasturlari
  • Startap va innovatsion ta’lim ekotizimi

   “Iqtisodiyot” fakultetiga tashrif

Iqtisodiyot fakultetida dekani Uchqun Zoyirovich tomonidan fakultetning ta’lim va ilmiy faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Fakultet dekan muovini Umurzoq Xoliyorov mazkur tadbirni yuqori darajada tashkil qilishda yaqindan yordam berdi

Fakultet imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi:

  • 50 yillik akademik tajriba
  • Xalqaro hamkorlik dasturlari
  • Ilg‘or ilmiy maktab
  • Faol talabalar va stipendiatlar tizimi
  • Ish beruvchilar bilan yaqin hamkorlik

  Imtiyozlar haqida fikrlar bildirildi:

   Tashrif buyurgan maktab bitiruvchilari ichida turli fanlar bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan, jumladan 3 va undan ortiq sertifikatga ega bo‘lgan iqtidorli o‘quvchilar mavjudligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, ular orasida fizika, matematika, o‘zbek tili va xorijiy tillar bo‘yicha xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lgan, yuqori akademik natijalarni qayd etgan bitiruvchilar ham borligi qayd etildi.

   Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash (QXM) fakultetiga tashrif

  QXM fakulteti, ‘Umumtexnik fanlar” kafedrasi mudiri Prof. Xasan Turkmenov  va kafedra jamoasi bilan uchrashuv tashkil qilinib, unda texnik va muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Maktab bitiruvchilari bilan qiziqarli savol-javoblardan iborat suxbat tashkil qilindi.

Yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar berildi:

  • Metrologiya
  • Muhandislikni loyihalash
  • Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash
  • Texnik tizimlar va avtomatlashtirish

       Mazkur “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri davomida maktab bitiruvchilari universitetning ilmiy, akademik va xalqaro ta’lim tizimi, shuningdek innovatsion markazlari hamda amaliy yo‘naltirilgan o‘quv muhitini chuqur o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda universitetdagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari va kelajakdagi imkoniyatlar haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ldilar.

   Tadbir universitet professor-o‘qituvchilari, jumladan Go‘zal Eshchanova, Aziz Nigmatov hamda maktab direktori Kurash Kubyashev boshchiligidagi jamoa tomonidan tashkil etildi.

    “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti xalqaro standartlarga mos, innovatsion va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash yo‘lida o‘z faoliyatini izchil davom ettiradi.

    Yakunida shuni alohida qayd etish joizki, mazkur tashrif bitiruvchilarda universitetga nisbatan katta qiziqish uyg‘otdi va ularning aksariyati kelgusida o‘z ta’lim yo‘nalishlarini aynan “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetida davom ettirish istagini bildirishdi. Umid qilamizki, bu kabi uchrashuvlar iqtidorli yoshlarni universitetimizga jalb etish va ularning kelajakdagi professional rivojiga mustahkam zamin yaratadi.