Lider qizlar” va “Qizlarjon” klublari ko‘rgazmali tadbiri
19.05.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF–87-sonli “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2022-yil 11-apreldagi PQ–183-sonli “2022–2026-yillarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori asosida talaba-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini rivojlantirish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur hujjatlar asosida oliy ta’lim muassasalarida “Qizlarjon” va “Lider qizlar” klublari faoliyatiga keng imkoniyatlar yaratildi.


2026-yil 19-may kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari iInstituti milliy tadqiqot universiteti “Yoshlar bog‘i”da “Lider” va “Qizlarjon” klublarining ko‘rgazmali-ma’naviy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet talaba-yoshlari uchun unutilmas va mazmunli uchrashuvlardan biriga aylandi.
Ko‘rgazma davomida talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar, qo‘l mehnati namunalari, milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi bezaklar hamda innovatsion loyihalar namoyish etildi. Ayniqsa, talaba-qizlarning faolligi, ularning iste’dodi, tashabbuskorligi va ijodkorligi tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.


“Lider qizlar” klubi yoshlarning liderlik qobiliyatini rivojlantirish, ularni jamoatchilik ishlariga faol jalb etish va tashabbuskorlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. “Qizlarjon” klubi esa talaba-qizlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, milliy an’analarimiz va odob-axloq qadriyatlarini targ‘ib qilish borasidagi faoliyati bilan alohida ajralib turadi.

Tadbir davomida kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va qiziqarli chiqishlar tashkil etilib, barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Mazkur ko‘rgazmada YRK, GTQ, Energetika, QXM hamda GM fakultetlarining talaba-qizlari faol ishtirok etib, o‘zlarining ijodiy ishlari va tashabbuslari bilan tadbir mazmunini yanada boyitdilar.
“Lider qizlar” va “Qizlarjon” klublari rahbari Z.Xafizova ma’lumoti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati