“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga dunyoning yetakchi texnik oliy ta’lim muassasalaridan biri sanalgan “Xarbin texnologiyalar instituti” (Harbin Institute of Technology) vakillari tashrif buyurdilar.
19.05.2026
Tashrif doirasida universitetga plazma fizikasi sohasining yetakchi mutaxassislari — professor Chengxun Yuan, professor Chen Zhou hamda PhD tadqiqotchisi Weiqiang Yang kelib, universitet faoliyati va ilmiy yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv davomida plazma texnologiyalarini turli sohalarda qo‘llash, aerokosmik tadqiqotlarni birgalikda amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro ilmiy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.


Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur hamkorlik ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish hamda universitetda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.