“TIQXMMI” MTU professor-o‘qituvchilari tomonidan Yoshlarni oliy ta’limga jalb qilish mexanizmi mavzusida master-klass o‘tkazildi.
19.05.2026
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani Gʻalabotir mahallasida joylashgan 29-maktabda bitiruvchi yoshlarni oliy ta’limga jalb qilish, ularning kasb tanlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida amaliy master-klass tashkil etildi. Maktab direktori Umarov Baxtiyor Umarovich ishtirok etib, yoshlarning zamonaviy bilim egallashi, yurt ravnaqi uchun munosib kadr bo‘lib yetishishida oliy ta’lim muassasalarining o‘rni muhim ekanligini ta’kidladi.
Mazkur
uchrashuvda “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti ning “Irrigatsiya va
melioratsiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari I.Begmatov, Sh.Botirov
hamda M.Hayitova tomonidan 11-sinf o‘quvchilari uchun maxsus master-klass
o‘tkazildi.
Tadbir
davomida o‘quvchilarga irrigatsiya va melioratsiya sohasining bugungi kundagi
ahamiyati, suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligida
innovasion texnologiyalarni qo‘llash hamda sohadagi zamonaviy kasblar haqida
atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek,
universitetda yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim yo‘nalishlari, talabalar uchun
shart-sharoitlar va kelajakdagi mehnat bozoridagi ehtiyojlar haqida
tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuv
interaktiv savol-javoblar, amaliy misollar va qiziqarli taqdimotlar asosida
tashkil etildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan
batafsil javob olib, kelajakdagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha muhim
tavsiyalarga ega bo‘lishdi.
Bunday ma’rifiy
tadbirlar yoshlarning ilm-fanga qiziqishini oshirish, ularni ongli ravishda
kasb tanlashga yo‘naltirish hamda mamlakatimizda malakali mutaxassis kadrlar
tayyorlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.