Iqtisodiyot fakultetida Tilshunoslik fani bo‘yicha kreativ poster taqdimotlar ko’rgazmasi tashkil etildi

19.05.2026

#Ta`lim

Joriy yilning 19-may sanasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida  “Iqtisodiyot” fakulteti “Ingliz tili” kafedrasida dotsent Go‘zal Eshchanova tomonidan “Tilshunoslik” fanidan “Kreativ poster presentation” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Iqtisodiyot fakultetining 138, 139 va 143-guruh talabalari ishtirok etib, semestr davomida o‘rganilgan mavzular asosida tilshunoslikka oid kreativ poster taqdimotlarini tayyorladilar va ularni erkin formatda namoyish etdilar.

 Taqdim etilgan asosiy mavzular:

  • Tilshunoslik turlari
  • Tilshunoslik rivojlanish bosqichlari
  • Sintaksis asoslari
  • Pragmatika va nutq tahlili
  • Leksikologiya
  • Morfologiya
  • Fonologiya
  • Semantika
  • Zamonaviy ingliz tilshunosligidagi yondashuvlar

Har bir kichik guruh o‘z posterini taqdim etib, mavzu yuzasidan tushuntirish berib o’tdi. Taqdimotlar davomida talabalar o‘rtasida savol-javoblar tashkil etilib, ularning bilim darajasi va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

 

 Nominatsiyalar

Tadbir yakunida eng yaxshi ishlanmalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha e’tirof etildi:

  • Eng ijodiy poster-Group 1
  • Eng yaxshi ilmiy yondashuv- Group 2
  • Eng aniq taqdimot- Group 3
  • Eng faol guruh- Group 4
  • Eng yaxshi jamoaviy ish- Group 5

 Amaliy ko‘rgazma

Dastlab auditoriyada o‘tkazilgan taqdimotlar keyinchalik universitet kampusida, tabiat qo‘ynida davom ettirildi. Bu esa tadbirga yanada jonli va interaktiv muhit bag‘ishladi hamda talabalar ijodkorligini namoyon etish uchun qulay sharoit yaratdi.

Mazkur tadbir talabalar bilimini mustahkamlash, ularning mustaqil ishlash, ijodiy fikrlash va ingliz tilshunosligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.