Talabalar Samarqanddagi eng yirik yashil loyihada

19.05.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Ta`lim #Yangilik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi PQ-122-sonli qarori ijrosini ta’minlash, talabalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini real ishlab chiqarish jarayonida mustahkamlash hamda nazariya va amaliyot uzviyligini ta’minlash borasidagi tizimli ishlar izchil davom etmoqda.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Energetika fakultetining 3-bosqich “Elektr energetika” ta’lim yo‘nalishi talabalari amaliyot rahbari Mustofoyev G‘anisher boshchiligida respublikamiz energetika drayverlaridan biri bo‘lgan yirik loyihada ishtirok etmoqdalar. Talabalarimiz Samarqand viloyatida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan barpo etilayotgan, umumiy quvvati 1000 MVt bo‘lgan “Sazagan Solar 1” va “Sazagan Solar 2” quyosh fotoelektr stansiyalaridagi ABREST Energy Engineers kompaniyasining 500/220 kV podstansiyasi qurilish jarayonlarida faol ishtirok etmoqdalar.

Ushbu ishlab chiqarish amaliyoti talabalarimizga nafaqat darsliklardagi bilimlarni real maydonda ko‘rish, balki “Yangi O‘zbekiston”ning energetik mustaqilligi va yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasiga hissa qo‘shadigan yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar bo‘lib yetishishlarida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. 

Ma’lumot beruvchi “ET va QTEM” kafedrasi assistenti G‘.Mustofoyev

Universitet matbuot xizmati