“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Water on Silk Roads Uzbekistan” mavzusidagi Yozgi maktab o‘z ishini boshladi

19.05.2026

#Ta`lim #Xalqaro hamkorlik

Dunyo reytingida, jumladan QS va TNE xalqaro reytinglarida yuqori o‘rinlarni egallab kelayotgan nufuzli oliy ta’lim muassasalariga nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida ham yoshlar tomonidan katta qiziqish bildirilmoqda. Bu esa yuqori reytingli universitetlarda ta’lim sifati, ilmiy salohiyat va xalqaro hamkorlik ko‘lamining yuksak darajada ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Buning yaqqol isboti sifatida AQSHning Rhodes College hamda universitetimiz o‘rtasida tuzilgan memorandumi doirasida tashkil etilgan hamkorlik faoliyatlarini keltirish mumkin.
 Mazkur hamkorlik doirasida universitetda “Water on Silk Roads Uzbekistan” mavzusida tashkil etilayotgan Yozgi maktab dasturida ishtirok etish uchun AQSHning mashhur Rhodes College muassasasi professori Ketrin Shilds va bir guruh talabalari tashrif buyurdilar. Yozgi maktabni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan mazmunli va ilmiy ahamiyatga ega ma’ruzalar tashkil etildi.
AQSHlik mehmonlar universitet laboratoriyalari , IT parki , innovatsion klaster va markazlarga tashrif buyurib, universitetda olib borilayotgan oliy ta’lim, ilmiy va amaliy ishlar bilan yaqindan tanishib bormoqdalar.  “Water on Silk Roads Uzbekistan” nomli Yozgi maktab o‘z ishini universitetimizdagi “Fan va ta’lim innovatsiyalari markazi” binosida 26-may kunigacha qadar davom ettiradi.


Qiziquvchi talabalar ham tinglovchi sifatida yozgi maktab dasturida ishtirok etishga taklif etiladilar.