Joriy yilning 18 may sanasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga “Ege Group” rahbari Mikayil Mirzadazade tashrif buyurdi.

19.05.2026

#Rektordan #Ta`lim #Yangilik

Tashrif doirasida mehmon universitet faoliyati, ta’lim jarayonlari va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida universitet rektori Bahodir Mirzaev tomonidan oliy ta’lim muassasasining bugungi faoliyati, amalga oshirilayotgan islohotlar va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, muloqot jarayonida universitetga xorijiy talabalarni jalb etish, ularni o‘qishga yo‘naltirish hamda mazkur yo‘nalishda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.