Talabalarimiz ABREST Energy Engineers kompaniyasining 220/110 kV podstansiyasi qurilish jarayonlarida faol ishtirok etmoqdalar.

19.05.2026

#Rektordan #Ta`lim #Yangilik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi PQ-122-sonli qarori ijrosini ta’minlash, talabalarimizning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini amaliyot orqali mustahkamlash, ularni ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etish hamda o‘quv jarayonining uzviyligini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Energetika fakultetining 3-bosqich “Elektr energetikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari amaliyot rahbari Shahzod Jumanazarov boshchiligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida joylashgan “Beruniy 200 MW Wind Power Project” doirasida ABREST Energy Engineers kompaniyasining 220/110 kV podstansiyasi qurilish jarayonlarida faol ishtirok etmoqdalar.

Ushbu amaliyot talabalarimizga real ishlab chiqarish muhiti bilan yaqindan tanishish, zamonaviy energetika loyihalarida amaliy tajriba orttirish hamda kasbiy kompetensiyalarini yanada rivojlantirish imkonini bermoqda.