Imitatsion modellashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar.
18.05.2026
Gidromelioratsiya fakulteti “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi taklifiga asosan universitetimizga Rossiya Federatsiyasining Buyuk Petr nomidagi Sankt – Peterburg politexnika universitetining professor – o‘qituvchilari “Transport” oliy maktabi dotsenti Plotnikov Dmitriy Georgiyevich va “Tizimli dinamika” laboratoriyasi ilmiy xodimi, “Transport jarayonlari imitatsion modellashtirish” onlayn kursi muallifi va koordinatori Aushra Vladovna Banitelar tashrif buyurishdi.
Tashrifning maqsadi 70811210 - Gidromelioratsiya
ishlarini mexanizatsiyalashtirish magistratura mutaxassisligi “Muhandislik
logistikasi va modellashtirish” fani dasturi doirasida Anylogic dasturiy
ta’minot tizimini qo‘llagan holda logistik jarayonlar (ishlab chiqarish, transport
va omborxona jarayonlari) ni modellashtirishga bag‘ishlangan amaliy
mashg‘ulotlar o‘tkazishdan iborat.
Tashrif doirasida mehmonlarga kafedra mudiri Begmat
Xolmatovich Norov tomonidan universitetimiz haqida qisqacha ma’lumot berildi.
Universitetlararo hamkorlikning hozirgi kuni, erishilgan natijalar tahlil
qilindi.
Mehmonlar “Gidromeliorativ ishlarni
mexanizatsiyalash” kafedrasi jamoasi bilan yaqindan tanishib, Rossiya
Federatsiyasining Buyuk Petr nomidagi Sankt – Peterburg politexnika
universiteti, “Transport” oliy maktabi hamda “Tizimli dinamika” laboratoriyasi
haqida qisqacha ma’lumot berdi. U xalq xo‘jaligining turli sohalari uchun
hozirgi kunda erishilgan ilmiy natijalar hamda kelgusida O‘zbekiston sharoiti
misolida suv xo‘jaligi sohasida material oqimlar va suv xo‘jaligi texnikalari
texnik holatini masofadan turib boshqarishda yangi yondoshuvlar bo‘yicha o‘z
fikr-mulohazalarini bildirdi.
Ular ishtirokida magistratura dars jadvaliga asosan
joriy hafta davomida mashg‘ulotlar eng so‘ngi rusumdagi kompyuterlar bilan
jihozlangan kompyuter xonasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bundan
tashqari kelajakda hamkorlikning yo‘nalish hamda rejalari belgilab olindi va
o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l haritasi ishlab chiqildi.
Amaliy
mashg‘ulotlar jarayonida talabalar shu kungacha onlayn tarzda olingan nazariy
bilimlarini mustahkamlash hamda ta'minot zanjirlarini tahlil qilish va
optimallashtirishga yordam beradigan zamonaviy modellashtirish vositalari
dunyosiga sho'ng'ish uchun noyob imkoniyat yaratildi. AnyLogic dasturidan
material oqimlarni boshqarish, jumladan yuklarni tashish, iglab chiqarish
quvvatlarini baholash, tarqatish va boshqa turli logistika jarayonlarining
modellarini yaratish uchun qanday foydalanish mumkinligini namoyish etdilar.
Magistrantlar
amaliy mashg'ulotlarda faol ishtirok etdilar, ular olgan bilimlarini o'z
modellarini yaratish va real biznes stsenariylarini hal qilishda qo'lladilar.
Mashg‘ulotlar ularda katta qiziqish uyg'otdi va integratsiya zarurligini
tasdiqladi.
GIM kafedrasi mudiri B.X.Norov ma’lumoti