DEISC markazi xalqaro innovatsion maydonga aylanmoqda: Koreyalik ekspertlar ishtirokida startap, biznes va web-texnologiyalar bo‘yicha amaliy treyning o‘tkazildi
18.05.2026
2026-yil 15–16-may kunlari “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Xalqaro Kasbiy Ta’lim Markazida Janubiy Koreyaning Keymyung Kollej Universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan LUPIC (Leading Universities Project for International Cooperation) xalqaro loyihasi doirasida tashkil etilgan DEISC (Digital Education & Innovation Support Centre) markazida “Roboticsware for Business” xalqaro amaliy seminar-treningi yuqori saviyada o‘tkazildi.
Mazkur
ikki kunlik xalqaro trening Janubiy Koreyaning “Roboticsware” kompaniyasi
vakillari Kim SungIl va JeongJun Lee tomonidan olib borildi. Ular
ishtirokchilarga startap ekotizimi, innovatsion biznes modellar, raqamli
texnologiyalar, hamda sun’iy intellekt asosidagi zamonaviy tadbirkorlik
bo‘yicha xalqaro tajribalarni taqdim etdilar.


Treningning
16-may kungi amaliy mashg‘ulotlarida ishtirokchilarga startap g‘oyalarni
shakllantirish, biznes reja ishlab chiqish, innovatsion
loyihalarni boshqarish, hamda websayt yaratish bo‘yicha amaliy
ko‘nikmalar berildi.
Ayniqsa,
websayt yaratish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ishtirokchilarda katta
qiziqish uyg‘otdi. Trening yakunida tinglovchilar tomonidan yaratilgan websayt
loyihalari taqdimoti o‘tkazilib, ularning kreativ yondashuvi va
innovatsion fikrlashi yuqori baholandi.

Tadbir
davomida DEISC markazi a’zolari o‘zlarining startap g‘oyalari va biznes
rejalari bilan faol ishtirok etdilar. Ular tikuvchilik, oshpazlik,
kulinariya, pishiriq tayyorlash, xizmat ko‘rsatish, innovatorlik hamda raqamli
tadbirkorlik kabi yo‘nalishlarda g‘oyadan real loyihagacha bo‘lgan
jarayonlar bo‘yicha tashabbuslarini taqdim etdilar.

Mashg‘ulotlar
davomida Janubiy Koreyadan keltirilgan zamonaviy kompyuter texnikalari va
innovatsion uskunalardan samarali foydalanildi. Interaktiv savol-javoblar
va amaliy topshiriqlar trening samaradorligini yanada oshirdi.
Shuningdek,
DEISC markazi doirasida Keymyung Kollej Universiteti bilan hamkorlikda
kelgusida xalqaro workshoplar, forumlar va seminar-treninglar davom
ettirilishi rejalashtirilgani ta’kidlandi. Loyiha faoliyati universitet
tomonidan rektor B.S. Mirzayev koordinatsiyasida samarali boshqarilib,
barcha vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

DEISC
markazi mas’uli Go‘zal Eshchanova (“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti DEISC
koordinatori)
tomonidan universitet xotin-qizlari, Xotin-qizlar qo‘mitasi a’zolari,
talaba-qizlar, Mirzo Ulug‘bek mahallasidan yosh tadbirkorlar, innovatsiya va
raqamli ta’limga qiziquvchi yoshlarni birlashtirish bo‘yicha muhim tashabbuslar
amalga oshirildi. Natijada markazning doimiy faol a’zolari saralab olinib,
kuchli innovatsion jamoa shakllantirildi.
Mazkur
xalqaro loyiha universitetda innovatsion ta’lim muhitini rivojlantirish,
hamda yoshlarning zamonaviy raqamli va tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirishda
muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Seminar-trening
yakunida ishtirokchilarga “ROBOTICSWARE FOR BUSINESS 2 – COURSE” xalqaro
sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi.