Birinchi kurs tayanch doktorantlari uchun “Research methodology and scientific writing” kursi bo‘yicha yakuniy nazorat o‘tkazildi
18.05.2026
Birinchi kurs tayanch doktorantlari uchun ikki yil davomida Kannazarova Zulfiya tomonidan olib borilayotgan maxsus “Research methodology and scientific sriting” kursining navbatdagi yakuniy nazorati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur kurs doktorantlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, ilmiy maqola yozish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda xalqaro ilmiy standartlar asosida ilmiy ishlarni tayyorlash kompetensiyalarini oshirishga xizmat qilmoqda.

Taqdimotlarda ilmiy izlanish metodologiyasi, akademik yozuv, ilmiy maqola tayyorlash va innovatsion yondashuvlar bo‘yicha erishilgan natijalar namoyish etildi.

Tadbirda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Shokirov Shuxrat hamda ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘limi boshlig‘i Samiev Luqmon ishtirok etib, doktorantlarning ilmiy faoliyati va taqdimotlariga o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Yakuniy nazorat davomida doktorantlarning ilmiy salohiyati, mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalari va zamonaviy ilmiy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish darajasi alohida e’tirof etildi.