DEISC Markazida innovatsion texnologiyalar va startap ko‘nikmalariga bag‘ishlangan amaliy dastur tashkil etildi

16.05.2026

#Xalqaro hamkorlik #Yangilik

      “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Xalqaro Kasbiy Ta’lim Markazida Janubiy Koreyaning Keymyung Kollej Universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan LUPIC(Leading Universities Project for International Cooperation) xalqaro loyihasi doirasida tashkil etilgan DEISC (Digital Education & Innovation Support Centre) markazidaRoboticsware for Business Level 1.5” mavzusida amaliy ta’lim dasturi bo‘lib o‘tdi.

  Dastur davomida ishtirokchilarga robototexnika va blokli kodlash asoslari, sun’iy intellekt etikasi (AI Ethics), startap loyihalarini ishlab chiqish, biznes reja tayyorlash hamda innovatsion g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalar berildi. Shuningdek, zamonaviy tadbirkorlik, kreativ fikrlash va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. 

 Mazkur dasturda universitetning Iqtisodiyot, Yer resurslarini boshqarish va kadastr, Gidromelioratsiya, Energetika kabi fakultetlari professor-o‘qituvchilari va talabalari, DEISC markazi a’zolari, startap tashabbuskor yoshlar hamda tadbirkorlik va innovatsion texnologiyalarga qiziqayotgan qizlar va ayollar faol ishtirok etdilar. Umumiy hisobda 30 nafardan ortiq tinglovchilar qatnashdi.
        Tadbir mehmon ma’ruzachisi-Roboticsware ijtimoiy korxonasi rahbar o‘rinbosari JeongJun Lee (Janubiy Koreya) bo‘lib, u innovatsion texnologiyalar, startap ekotizimi va raqamli biznes yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro tajribalar bilan o‘rtoqlashdi.
          DEISC markazi faoliyati universitetda innovatsion ta’lim muhitini shakllantirish, yoshlarning zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlik asosida amaliy bilimlarni keng targ‘ib qilishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

 DEISC markazi mas’uli Go’zal Eshchanova tomonidan mazkur dastur doirasida ishtirokchilarning innovatsion fikrlashi, startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda xotin-qizlarning texnologik va tadbirkorlik faoliyatidagi ishtirokini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.