DEISC Markazida innovatsion texnologiyalar va startap ko‘nikmalariga bag‘ishlangan amaliy dastur tashkil etildi
16.05.2026
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Xalqaro Kasbiy Ta’lim Markazida Janubiy
Koreyaning Keymyung Kollej Universiteti hamkorligida amalga
oshirilayotgan LUPIC(Leading Universities Project for International
Cooperation) xalqaro loyihasi doirasida tashkil etilgan DEISC
(Digital Education & Innovation Support Centre) markazida “Roboticsware
for Business Level 1.5” mavzusida amaliy ta’lim dasturi bo‘lib o‘tdi.
Dastur davomida ishtirokchilarga robototexnika
va blokli kodlash asoslari, sun’iy intellekt etikasi (AI Ethics), startap
loyihalarini ishlab chiqish, biznes reja tayyorlash hamda
innovatsion g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish bo‘yicha nazariy va
amaliy ko‘nikmalar berildi. Shuningdek, zamonaviy tadbirkorlik, kreativ
fikrlash va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga ham
alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur dasturda universitetning Iqtisodiyot,
Yer resurslarini boshqarish va kadastr, Gidromelioratsiya, Energetika
kabi fakultetlari professor-o‘qituvchilari va talabalari, DEISC markazi
a’zolari, startap tashabbuskor yoshlar hamda tadbirkorlik va innovatsion
texnologiyalarga qiziqayotgan qizlar va ayollar faol ishtirok etdilar. Umumiy
hisobda 30 nafardan ortiq tinglovchilar qatnashdi.
Tadbir mehmon ma’ruzachisi-Roboticsware
ijtimoiy korxonasi rahbar o‘rinbosari JeongJun Lee (Janubiy Koreya) bo‘lib,
u innovatsion texnologiyalar, startap ekotizimi va raqamli biznes yo‘nalishlari
bo‘yicha xalqaro tajribalar bilan o‘rtoqlashdi.
DEISC markazi faoliyati
universitetda innovatsion ta’lim muhitini shakllantirish, yoshlarning zamonaviy
kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlik asosida amaliy
bilimlarni keng targ‘ib qilishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.
DEISC markazi mas’uli Go’zal Eshchanova
tomonidan mazkur dastur doirasida ishtirokchilarning innovatsion fikrlashi,
startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda xotin-qizlarning texnologik va
tadbirkorlik faoliyatidagi ishtirokini kengaytirishga alohida e’tibor
qaratildi.