Talabalarning amaliyot jarayonlari eʼtibor markazida

15.05.2026

#Ta`lim #Yangilik

Sharof Rashidov tumanida joylashgan “Agromarkaz” binosida amaliyot o‘tash uchun kelgan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “Gidromelioratsiya” fakulteti 3-bosqich talabalari suv xo‘jaligi mas’ullari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti professori, Jizzax viloyati qishloq va suv xoʻjaligi masalalari bo‘yicha ilmiy maslahatchi A. Yangiyev, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor B. Xudoyorov, “Gidromelioratsiya” fakulteti dekani J. Ishchanov hamda Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i M. Turdiboyev ishtirok etdi.

Muloqot davomida talabalarning amaliyot jarayonlari, ular uchun yaratilgan sharoitlar hamda amaliy bilim va ko‘nikmalari yuzasidan fikr almashildi. Talabalar buyruq bilan obyektlarga biriktirilgan bo‘lib, har bir talabaga suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan tajribali ustozlar biriktirilgan.

Shuningdek, talabalarning amaliyot jarayonida to‘liq va faol ishtirokini ta’minlash, ularning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash hamda kelgusida malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilayotgani qayd etildi.

Uchrashuv savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi hamda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutasaddilardan batafsil ma’lumotlar oldilar.

Sirdaryo-Zarsfshon ITHB matbuot xizmati