Izboskan tumanidagi targ‘ibot
15.05.2026
«Gidromelioratsiya» fakulteti, «Professional taʼlim» kafedrasi tayanch doktoranti N.Imomova tomonidan Andijon viloyati Izboskan tumanida joylashgan 39-DIMIda ota-onalar bilan targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetida yaratilgan imkoniyatlar, zamonaviy taʼlim yo‘nalishlari hamda yoshlarning kelajak kasbini ongli tanlashidagi muhim jihatlar haqida ota-onalarga batafsil maʼlumot berildi.

Suhbat davomida farzandlarning qiziqish va qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish, ularning isteʼdodini yuzaga chiqarish hamda kasb tanlash jarayonida ota-onalarning masʼuliyati alohida taʼkidlandi. Shuningdek, ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, farzandlarning taʼlim olishi va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Mazkur uchrashuv ota-onalar va taʼlim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda yoshlarning kelajagini to‘g‘ri yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Universitet matbuot xizmati