Bugun, 13 may kuni Buxoro viloyatida agrar va suv xo‘jaligi sohasida innovatsion texnologiyalarga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

14.05.2026

#Rektordan

Tadbir Buxoro viloyati hokimligi hamda “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti hamkorligida tashkil etildi. Seminar sohada faoliyat yuritayotgan rahbar va mutaxassislarni bir joyga jamlab, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy texnologiyalarni keng qo‘llash va dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim maydonga aylandi.

Muhokamalar davomida suv va yer resurslaridan samarali foydalanish, raqamli monitoring tizimlarini joriy etish, meliorativ holatni baholash va energiya samarador yechimlarni keng tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir doirasida qator innovatsion ishlanmalar namoyish etildi. Jumladan:

— uruqlarga zamonaviy ishlov berish texnologiyalari;

— tuproq namligini nazorat qiluvchi sensorlar;

— meliorativ mobil laboratoriya;

— qishloq xo‘jaligi dronlari;

— nasos agregatlarini diagnostika qilish uskunalari;

— eko-analitik laboratoriya va boshqa ilg‘or yechimlar.

Ko‘rgazma qismida ushbu texnologiyalar amaliy tarzda ko‘rsatilib, ularning samaradorligi va qo‘llash imkoniyatlari ishtirokchilarga tushuntirildi.

Ilm-fan va innovatsiyalarga tayangan yondashuv — agrar sohada barqaror rivojlanishning muhim kafolatidir.