Buxoro viloyatida g‘alla o‘rimiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish va amaliy seminar o‘tkazildi.
14.05.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi PQ-122-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyatida g‘alla o‘rimiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish va amaliy seminar o‘tkazildi.
Agrar sohadagi eng muhim va dolzarb jarayonlardan biri — g‘alla o‘rimiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari Buxoro viloyatida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilish va amaliy seminar markazida bo‘ldi.

Tadbirda tuman hokimlari, ularning qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, ichki ishlar organlari vakillari, don korxonalari va klaster rahbarlari, kombayn operatorlari hamda sohada faoliyat yuritayotgan boshqa tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda “TIQXMMI”milliy tadqiqot universiteti olimlari “Uzcase servis” va “Claas”kompaniyalari bilan hamkorlikda o‘rim ishlariga bevosita jalb etilgan kombayn operatorlari uchun amaliy va nazariy o‘quv mashg‘ulotlarni o‘tdi. Shuningdek, ish jarayonini samarali tashkil etish, texnikalardan to‘g‘ri foydalanish va hosilni yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar taqdim etildi.
Mazkur tadbir g‘alla o‘rimi jarayonini samarali tashkil etish va sohadagi ishlarni yanada muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.