"Toshkent shahar suv ta`minoti" aksiyadorlik jamiyatida “4+2”tizimi asosida amaliyot

13.05.2026

#Ta`lim #Yangilik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi PQ-122-son qarori ijrosini ta’minlash, universitet talabalarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini amaliyot bilan mustahkamlash, ularni ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etish, malakaviy amaliyotni samarali tashkil etish hamda o‘quv jarayonining uzviyligini ta’minlash maqsadida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Gidromelioratsiya fakulteti 60812400 – “Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishining harbiy kafedrada tahsil olayotgan talabalari malakaviy amaliyotning birinchi bosqichini 4+2 tizimi asosida 2026-yil 13- maydan malaka amaliyotini boshlashdi.

Universitetimiz talabalari “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi dotsenti Faxriddin Atabayevich Bekchanov rahbarligida korxonaga tashrif buyurishdi.

Talabalar avvalo korxona faoliyati bilan tanishishdi, so‘ngra Toshkent shahar suv ta’minoti AJ ning Toshkent shahar suv tarmoqlari boshqarmasi, texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi xizmati boshlig‘i Abdug‘aniyev Madyorjon Maqsudali o‘g‘li tomonidan texnika xavfsizligi qoidalari bo‘yicha yo‘riqnoma berildi.

Kafedra dotsenti tomonidan malakaviy amaliyot dasturida belgilangan vazifalar talabalarga yana bir bor tushuntirilib, korxona mexanizatsiyalashtirilgan tezkor - avariya hizmati bo‘limlariga taqsimlandi.

Mazkur amaliyot talabalarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda o‘zi tanlagan soha bo‘yicha malakali mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat  xizmat qiladi.

 GIM kafedrasi mudiri B.X.Norov ma’lumoti