Ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish maqsadida Chirchiq–Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga tashrif buyurishdi.

13.05.2026

#Rektordan #Ta`lim

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Gidromelioratsiya fakultetining 3-bosqich talabalari ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish maqsadida Chirchiq–Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga tashrif buyurishdi. Jami 33 nafar talaba amaliyot jarayonlari bilan tanishtirildi.

Tashrif davomida dual ta’lim tizimini samarali tashkil etish, nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi. Boshqarma boshliq o‘rinbosari L.Shamsudinov, viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha ilmiy maslahatchisi L.Samiev hamda amaliyot rahbarlari B.Norov, D.Abduraimova va bosh mutaxassislar tomonidan talabalarga sohadagi amaliy jarayonlar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Uchrashuvda Chirchiq–Ohangaron irrigatsiya tizimida suv resurslarini boshqarish, kanallar ekspluatatsiyasi hamda meliorativ tizimlar faoliyati bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, amaliyot davrida har bir talaba uchun mas’ul xodim biriktirilishi va ular bilan birgalikda individual amaliy reja ishlab chiqilishi belgilab olindi.



Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Mazkur tashrif dual ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda sohada malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.