“Befarq boʻlmang: OITSning oldini olish muhim”
13.05.2026
Joriy yilning 11-may kuni “Energetika” fakulteti talaba-qizlari oʻrtasida 4-talabalar turar joyida “Befarq boʻlmang: OITSning oldini olish muhim” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Ushbu davra suhbati “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan tashkil qilindi. Talaba-yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, OITS kasalligi haqidagi tushunchalarni kengaytirish hamda uning oldini olish choralari boʻyicha xabardorlikni oshirish borasida ma’lumot berish uchun katta shifokor O.Sharipov, hamshira X.Xayitovalar davra suhbatiga taklif etildi.

Mutaxassis shifokorlar talabalarga OITS kasalligining
kelib chiqish sabablari, yuqish yoʻllari, profilaktika choralari va sogʻlom
hayot tarzining ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berishdi. Shuningdek,
ishtirokchilarga shaxsiy gigienaga rioya qilish, tibbiy madaniyatni
shakllantirish va oʻz salomatligiga ma’suliyat bilan yondashish yuzasidan tavsiyalar
berildi. Ishtirokchilarga mavzuga oid taqdimot, videoroliklar
namoyish etildi hamda targ‘ibot-tashviqotga qaratilgan tarqatma materiallar
tarqatildi.

Davra suhbati davomida 4-talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi
Muxrumboeva Surayyo Mirxamitovna soʻzga chiqib bunday ma’rifiy tadbirlar
yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning
oldini olish va jamiyatda tibbiy ongni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb
etishini ta’kidlab oʻtdi.

Tadbir yakunida “Energetika” fakulteti jamoasi
nomidan yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari B.Ismailov va
xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyevalar
tomonidan davra suhbatida ishtirok etgani, tadbir davomida bilim va
tashabbuskorligini namoyon etgani uchun barchaga minnatdorchilik bildirildi. Fakultet dekani nomidan mutaxassislar “Tashkkurnoma”
va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva axboroti
Universitet matbuot xizmati