“Dual ta’lim: nazariyadan amaliyotga”

12.05.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Ta`lim #Yangilik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 apreldagi PQ-122-sonli qarorining ijrosini taminlash, universitet talabalarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini amaliyot bilan mustahkamalash, ularni ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etish hamda o‘quv jarayonlarining uzviyligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 12 may kuniToshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institiMilliy tadqiqot univrsitetiningGidromelioratsiya” fakultetining 3-bosqich “Suv xo’jaligi melioratsiya”, “Meliorativ gidroologiya”, va “Suv xo’jaligi va meliortasiya ishlarini mexanizasiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishlarining talabalari “Sirdaryo-So‘h irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi”ga etib kelishdi.

 “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institiMilliy tadqiqot univrsitetining talabalari bilan birgalikda “Sirdaryo-So‘h irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi” da joylashgan “Suvchilar maktabi”ga tashrif buyurishdilar. Shuningdek universitet talabalarini “Suvchilar maktabida” professor Sabirjan Isayev tamonidan amaliyotda qilinadigan ishlar bilan o‘zlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini amaliyot bilan mustahkamalash, ularni ishlab chiqarish jarayonlarida qatnashish hamda o‘zlari olgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida dual ta’limni tashkil etish yuzasidan “Sirdaryo-So‘h irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi” rahbari F.Tursunov bilan talabalarni tanishshtirildi hamda joylarga borganda nimalarga ahamitya berishligini, jumladan, suv xo‘jaligi sohasidagi barcha tadbirlar tumanlar “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tomonidan amalga oshirilayotganligi, shuningdek, kelgusida bitiruvchilar ko‘p hollarda o‘zlari istiqomat qilayotgan tumanlarda mehnat faoliyatini olib borish istagini bildirishlarini inobatga olib, ularni ishlab chiqarish amaliyoti uchun o‘z tumanlariga jalb qilish yuqori samara berishi ta’kidlandi hamda amaliyotda faol ishtirok etgan talabalarni keyinchalik ishga qabul qishi bo‘o‘yicha tushunchalar berildi.

Shuningdek talabalarni “Sirdaryo-So‘h irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi” xodimlariga har bir talabani “Suv tejovchi texnologiyalar”, “Nasos stansiyalarini boshqarish”, “Suv yetkazib berish” va  “Melioratsiya ekspeditsiyasi” biriktirildi va joylarda amalyot o‘tash jarayonlari boshlandi. 

Ma’lumot beruvchi viloyat xokimining ilmiy maslahatchisi, professor S.Isayev