Buxoro viloyatida suv resurslaridan samarali foydalanish hamda qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etish borasida keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.
12.05.2026
Bugungi kunda viloyatdagi kanal va sug‘orish tarmoqlarining qariyb 66 foizi tuproq o‘zanli bo‘lib, natijada suvning 34-35 foizi yo‘qotilmoqda. Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida bir hafta davomida 37 km uzunlikdagi kanallarni betonlashtirishga tayyorlash ishlari amalga oshirildi hamda 20,2 km uzunlikdagi sug‘orish tarmoqlarida betonlashtirish ishlari bajarildi.
Shuningdek, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlari ham jadal sur’atlarda davom etmoqda. Xususan:
— 8,130 ming gektar maydonda tomchilatib sug‘orish;
— 1,677 ming gektarda yomg‘irlatib sug‘orish;
— 1,396 ming gektarda diskret usul;
— 1,740 ming gektarda egiluvchan quvurlar orqali sug‘orish;
— 3,448 ming gektarda egatga plyonka to‘shab sug‘orish ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari, 22,0 ming gektar maydonda lazerli tekislash ishlari bajarildi.
Viloyatda qishloq xo‘jaligi texnikasini takomillashtirish borasida ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, fermerlar tomonidan xarid qilingan KE 220 rusumli “UzCaseMash” paxta terish mashinalaridagi texnik kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida olimlar tomonidan yangi taklif ishlab chiqildi. Taklif asosida 1 dona paxta terish mashinasi qayta yig‘ilib, unga qo‘shimcha 6 ta havo purkash quvurlari hamda nasos tizimi loyihalashtirilib o‘rnatildi.
Mazkur innovatsion ishlanmani patentlash jarayonlari boshlangan bo‘lib, universitet professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda yaqin kunlarda rasmiy buyurtma berish rejalashtirilgan.