Talabalarimiz Marg‘ilonda
11.05.2026
Bugungi kunda yurtimiz yoshlariga har qachongidan ham ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. Yosh avlod vakillarining jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Sababi, ular ertamiz egalari, istiqboldagi rejalarimiz bunyodkorlaridir. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni-Yoshlar kuni sifatida belgilanishi ham shu e’tibor namunasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi “Qishloq va
suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-122-son qarori ijrosini taminlash,
universitet talabalarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini amaliyot bilan
mustahkamalash, ularni ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etish hamda
o‘quv jarayonlarining uzviyligini ta’minlash maqsadida 2026 yil 11 may kuni “Toshkent irrigatsiya va
qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot univrsiteti “Energetikа” fakultetining 3-bosqich “Elektr energetikasi” ta’lim
yo‘nalishi 10 ta talabasi hamda amaliyot
rahbari asistent Bobur Shodiyev bilan
bilan “Sirdaryo-So‘h irrigatsiya
tizimlari havza boshqarmasi” da joylashgan “Suvchilar maktabi”ga tashrif buyurishdilar.
Shuningdek universitet
talabalarini “Suvchilar maktabida”
professor Sabirjan Isayev tomonidan amaliyotda qilinadigan ishlar bilan
o‘zlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini amaliyot bilan mustahkamalash,
ularni ishlab chiqarish jarayonlarida qatnashish hamda o‘zlari olgan bilim va
ko‘nikmalarini mustahkamlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
“Elektr energetikasi” ta’lim yo‘nalishi
talabari “Suvchilar maktabi”dan
Farg‘ona davlat texnika universiteti yotoqxonasiga olib borildi.
“Elektr energetikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalri Farg‘ona davlat
texnika universiteti yotoqxonasiga joylashtirildi.
Farg‘ona iloyat hokimining ilmiy maslahatchisi,
professor S.Isayev
axboroti
Universitet matbuot xizmati