Energetika fakultetining 40 nafar talabasi ishlab chiqarish amaliyotiga yuborildi.

11.05.2026

#Rektordan #Ta`lim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-122-son qarori ijrosini ta’minlash hamda dual ta’lim tamoyillarini keng joriy etish maqsadida Energetika fakultetining 40 nafar talabasi ishlab chiqarish amaliyotiga yuborildi.

Taqsimot quyidagicha:

  • 30 nafar talaba — “ABREST Energy Engineering” kompaniyasiga;
  • 10 nafar talaba — Farg‘ona nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga.
  • Universitetning o‘quv grafigi asosida 11-may kuni soat 06:00 da talabalar amaliyot ob’ektlariga kuzatildi.

Mazkur amaliyot jarayoni talabalarning nazariy bilimlarini ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirish, amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda sohaga oid tajribalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.