“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
11.05.2026
Uchrashuvda sohada olib borilayotgan islohotlar, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish yo‘nalishlarining bugungi ahamiyati hamda kelajakda ushbu sohalar uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalari xususida atroflicha fikr yuritildi.

Shuningdek, yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish, xorijiy tillarni puxta egallash, ilmiy faollikni kuchaytirish va bandlikni ta’minlash kabi dolzarb mavzular muhokama markazida bo‘ldi.


Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, sohani rivojlantirishga qaratilgan taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Ochiq va samimiy ruhda kechgan muloqot yoshlar uchun katta motivatsiya va tajriba maydoniga aylandi.

Yakunda savol-javob jarayonida faol ishtirok etgan bir guruh talaba-yoshlar Agentlik direktori tomonidan munosib rag‘batlantirildi.