9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Suv xo‘jaligi vazirligi tashabbusi asosida “Vazir kubogi – 2026” sport musobaqasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

08.05.2026

#Sport

Tadbirda Suv xo‘jaligi vazirligi, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika” universiteti hamda “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy” universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari faol ishtirok etdilar.


Musobaqa doirasida ishtirokchilar:
 - mini futbol
 - voleybol
 - stol tennisi
 - shaxmat
 - kurash sport turlari bo‘yicha bellashdilar.


Tadbir davomida do‘stona raqobat muhiti, hamjihatlik va jamoaviy rux yanada kuchaydi. Shuningdek, ushbu sport uchrashuvi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda ta’lim va davlat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.G‘oliblar va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.