"Rossiya kooperatsiya universiteti" Rektor Maslahatchisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Maloletko Aleksandr Nikolayevich "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetiga tashrif buyurdi.
08.05.2026
Tashrif davomida professor universitetning bakalavriat, magistratura bosqichi talabalari hamda magistrantlari shuningdek doktorantlar bilan uchrashib ularga o'zining amaliy tajribalari hamda xorijdagi ta'lim xususiyatlari haqida ma'lumotlar berdi.

Shuningdek, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor texnika fanlari doktori, professor Saloxiddinov Abdulxakim Temirxo‘jayevich bilan uchrashuv davomida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti hamda "Rossiya kooperatsiya universiteti" o'rtasida hamkorlik o'rnatish maqsadida memorandum imzolash bo'yicha ham kelishuvga erishildi. Ushbu memorandum doirasida kelgusida universitetlar o'rtasidagi hamkorlik natijasida professor-o'qituvchilar ilmiy stajirovkalarini hamda xorijiy malaka oshirishlarini tashkil etish hamda talabalarning akademik mobillik asosida ta'lim olishlarini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek hamkorlikda ilmiy amaliy konferensiyalar tashkil etishga kelishib olindi.