“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida AQSHning “Microsoft” kompaniyasi IDEAS Research jamoasi katta mutaxassisi, amaliy tadqiqotlar bo‘yicha xalqaro ekspert Andrey Zaikin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

07.05.2026

#Xalqaro hamkorlik

Uchrashuv davomida Andrey Zaikin universitet rahbariyati va jamoasini 2026-yilda erishilgan yuqori xalqaro natijalar — THE World University Ranking reytingida 501-o‘rin hamda QS World University Ranking reytingida 469-o‘rinni egallagani bilan samimiy tabrikladi.


Suhbat jarayonida universitetda ta’lim, ilmiy tadqiqot va innovatsion texnologiyalarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ayniqsa qishloq xo‘jaligida dron texnologiyalari va sun’iy intellektdan foydalanish yo‘nalishidagi loyihalar muhokama qilindi.


Shuningdek,  xalqaro ekspert AQSH tajribasi misolida sun’iy intellektning ta’lim tizimi va yirik kompaniyalar faoliyatida qo‘llanilishi, zamonaviy kasblar va mehnat bozorida yuz berayotgan o‘zgarishlar haqida atroflicha fikr bildirdi.


Ta’kidlash joizki, Andrey Zaikin “Microsoft” tomonidan 2026-yilda e’lon qilingan xalqaro tahliliy hisobot — “Work Trend Index 2026” loyihasi ustida faoliyat yuritgan bo‘lib, mazkur tadqiqotda sun’iy intellekt texnologiyalarining global mehnat bozori, korporativ boshqaruv va zamonaviy kasblar transformatsiyasiga ta’siri keng tahlil qilingan.