“Burch, jasorat, matonat” - xotira va ehtiromga bag‘ishlangan bayram tadbiri

06.05.2026

#Ma`naviy va tashkiliy

2026-yil 6-may kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti tashkilotchiligida 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda faxriy ustozlar ishtirok etib, Vatan ravnaqi va xalq tinchligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasi chuqur ehtirom bilan yod etildi.

Bayram tadbiri davomida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylarining jasorati, matonati hamda bugungi tinch va osoyishta hayotimiz yo‘lidagi buyuk xizmatlari alohida ta’kidlandi. Talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar hamda vatanparvarlik ruhidagi badiiy kompozitsiyalar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Mazkur tadbir universitet jamoasi uchun nafaqat bayram, balki yurt tinchligi, xalq farovonligi va inson qadri ulug‘lanadigan muhim ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv sifatida yuksak taassurot qoldirdi.

Ushbu tadbirni yoqori saviyada o‘tishiga hissa qo‘shgan O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi xarbiy orkestri, Respublika 29-sonli musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari, O‘zbekiston xalq xofizi, ko‘plab davlat mukofati sovrindori Oralmirzo Safarov hamda yaqindan xamkorlik qilgan O‘zbekiston san’at va madaniyat institutining faol talabalariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

 

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash 

bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov axboroti

Universitet matbuot xizmati