“Burch, jasorat, matonat” - xotira va ehtiromga bag‘ishlangan bayram tadbiri
06.05.2026
2026-yil
6-may kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash
muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “Qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash” fakulteti tashkilotchiligida 9-may – “Xotira va qadrlash
kuni” munosabati bilan “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida
ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbirda
universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda faxriy
ustozlar ishtirok etib, Vatan ravnaqi va xalq tinchligi yo‘lida jon fido qilgan
ajdodlar xotirasi chuqur ehtirom bilan yod etildi.
Bayram
tadbiri davomida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylarining
jasorati, matonati hamda bugungi tinch va osoyishta hayotimiz yo‘lidagi buyuk
xizmatlari alohida ta’kidlandi. Talabalar tomonidan tayyorlangan sahna
ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar hamda vatanparvarlik ruhidagi badiiy
kompozitsiyalar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Mazkur
tadbir universitet jamoasi uchun nafaqat bayram, balki yurt tinchligi, xalq
farovonligi va inson qadri ulug‘lanadigan muhim ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv
sifatida yuksak taassurot qoldirdi.
Ushbu tadbirni yoqori saviyada o‘tishiga hissa qo‘shgan
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi xarbiy orkestri, Respublika 29-sonli
musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari, O‘zbekiston xalq xofizi, ko‘plab davlat
mukofati sovrindori Oralmirzo Safarov hamda yaqindan xamkorlik qilgan O‘zbekiston
san’at va madaniyat institutining faol talabalariga o‘z minnatdorchiligimizni
bildiramiz.
“Qishloq
xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash
bo‘yicha dekan
o‘rinbosari A.Borotov axboroti
Universitet matbuot xizmati