“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti jamoasi Kasbiy Ta’lim ko‘rgazmasida faol ishtirok etdi

06.05.2026

#Ma`naviyat #Ma`naviy va tashkiliy #Ta`lim #Yangilik

  2026-yil 5-may kuni Alpomish Muz Saroyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim Agentligi tomonidan tashkil etilgan “5 may- Kasb va Mexnat kuniga bagishlangan Kasbiy ta’lim ko‘rgazmasida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti jamoasi “Iqtisodiyot” fakulteti dotsenti  Gozal Eshchanova raxbarligidagi gurux azolari faol ishtirok etishdi.

   Mazkur ko‘rgazmadagi ishtirokning asosiy maqsadi maktab o‘quvchilari va texnikum talabalari o‘rtasida universitet imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish, shuningdek ularni Janubiy Koreyaning Keimyung Kollej Universiteti bilan grant doirasida TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti huzuridagi tashkil qilingan xalqaro texnikum hamda universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga jalb etishdan iborat bo‘ldi.

     Ko‘rgazma davomida tashrif buyurgan maktab o‘quvchilari va texnikum talabalari uchun keng qamrovli targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi. Ularga universitetda mavjud fakultetlar, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, o‘qish sharoitlari va xalqaro imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

     Shuningdek, ishtirokchilarga axborot materiallari va flayerlar tarqatildi, ularning savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi. Bu jarayon yoshlarning oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularni kasb tanlashda to‘g‘ri yo‘naltirishga xizmat qildi.

   Tadbir davomida, ayniqsa, Keimyung Kollej Universiteti bilan b“2+2” xalqaro ta’lim dasturi alohida e’tibor markazida bo‘lib, talabalar uchun 2 yil “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetida va 2 yil xorijiy hamkor universitetda o‘qish imkoniyati mavjudligi ta’kidlandi.

Mazkur ko‘rgazmada universitet tomonidan:

  • xalqaro texnikum faoliyati
  • DEISC (Digital education Innovation Support Centre) markazi faoliyati
  • Robototexnika va Mexatronika yo‘nalishlari
  • hamda zamonaviy kasb-hunar ta’limi imkoniyatlari keng jamoatchilikka taqdim etildi.

   Shuningdek, universitetning xalqaro hamkorlari bilan olib borilayotgan hamkorlik aloqalari doirasida, asosiy strategik hamkorlardan biri- Britaniya Kengashi (British Council) bilan hamkorlikda IELTS imtihonini bevosita universitet hududida topshirish imkoniyati mavjudligi ham ishtirokchilarga ma’lum qilindi. Bu esa talabalar va abituriyentlar uchun xalqaro til sertifikatini olish jarayonini yanada qulaylashtiradi.

    Bundan tashqari, ishtirokchilarga xorijda ta’lim olish imkoniyatlari, jumladan Janubiy Koreyada ingliz yoki koreys tili asosida o‘qish va ishlash imkoniyatlari haqida ham ma’lumotlar berildi.

     Ko‘rgazmadagi ishtirok universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, yoshlarni oliy ta’limga jalb etish hamda zamonaviy kasb-hunar yo‘nalishlarini rivojlantirish yo‘nalishlarida muhim ahamiyat kasb etdi.