Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida voleybol bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi”ning shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

06.05.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Sport #Yangilik

G‘ALABA! 

Joriy yilning 2–4 may kunlari Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida voleybol bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi”ning shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur musobaqada “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Irrigator” ayollar terma jamoasi final bahsida Sharqshunoslik universiteti jamoasini mag‘lub etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu natija orqali jamoa Respublika final bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Bugun universitet rektori, professor Bahodir Mirzaev g‘olib jamoa bilan uchrashib, ularni ushbu yutuq bilan tabrikladi. Uchrashuv davomida jamoa a’zolari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, musobaqa taassurotlari, tayyorgarlik jarayoni va kelgusi rejalar yuzasidan fikr almashildi. 

Jamoamizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va Respublika bosqichida ham muvaffaqiyatlar tilaymiz!