«G’alaba bog’i» muzeyiga tashrif.

05.05.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

“Toshkent  irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti” –Milliy tadqiqot Universiteti  “Gidromelioratsiya” fakulteti 1-kurs 104-105 gurux talabalari joriy yilning 4-may sanasida “G‘alaba bog‘i”ga tashrif buyurishdi.  Har bir inson “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurar ekan, bu yerdagi eksponatlarni ko‘rib qalbi hayajonga to‘ladi. Bog‘ning “Matonat madhiyasi” majmuasida butun o‘zbek ayollarining sadoqati ramziga aylangan zangiotalik Zulfiya Zokirova va uning urushda halok bo‘lgan besh o‘g‘lining vafodor rafiqalari aks etgan. 

Bu majmua yurtimizdan yetishib chiqqan qo‘rqmas, mard va jasur, matonatli sarkardalar, jangchilardan faxrlanish, jasoratlaridan doimo ibrat olish, dunyodagi eng buyuk xalqlardan biri ekanligimizni his qilish, Vatandoshlarimizda shu zamin, shu yurt farzandi ekanligidan g‘urur, faxr-iftixor tuyg‘ulari uyg‘onishiga xizmat qiladi.

Bu majmua  har bir insonda bugungi tinchlik-osoyishtalik, farovon hayot qanchalik bebaho ne’mat ekanligini, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash muqaddas burch ekanligini anglatadi.

 “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori   Gulchehra Axmedjanova axboroti

              Universitet matbuot xizmati